
Neymarning keyingi jamoasi nomi ma’lum bo‘ldi
Bir yildan beri og‘ir jarohatini davolatayotgan Neymar Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.
32 yoshli braziliyalik yulduz 2023 yilning yozida “Al-Hilol”ga PSJdan 90 million evroga transfer qilingan edi.
Biroq Neymarning jamoaga deyarli foydasi tegmadi. Beshta o‘yinda ishtirok etganidan keyin Braziliya terma jamoasi safida og‘ir jarohat oldi va hamon maydonga qaytgani yo‘q.
Neymarning saudiyaliklar bilan bitimi 2025 yilning yozida yakunlanadi. Fichajes nashrining yozishicha, mashhur futbolchi Arabistonni tark etish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan. Neymar faoliyatini qadrdon klubi “Santos”da davom ettirishni mo‘ljallamoqda. U 2013 yili bu jamoani tark etib, “Barselona” o‘yinchisiga aylangan edi.
Fikrlar