Neymarning otasi: "O‘g‘lim Messini o‘rnini egallashni istamagan"

  • 24 dekabr, 2024, 15:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yulduz hujumchi Neymarning otasi o‘g‘lining "Barselona"dan PSJga o‘tishi borasida izoh berdi. 2017 yilning yozida Liga 1 giganti braziliyalik futbolchi uchun 222 million evro to‘lagan edi.

"PSJga o‘tish – bu uning qarori edi, u hammasini o‘zgartirishni xohladi. O‘sha paytda biz "Barselona"da murakkab vaziyatda edik, chunki sport rahbariyati nima o‘ylayotgani bizga noma’lum edi. Klub go‘yo Neymar Messining o‘rnini egallashini istayotgandek tuyuldi, ammo Neymar bunga rozi emas edi. Neymar ketishga, boshqa joyga borishga qaror qildi. Men o‘g‘limning "Barselona"da qolishini xohlardim.

Oxirgi kunlargacha uni ketishdan qaytarishga harakat qildik. Ammo u ketdi, chunki u Messining o‘rnini egallashni va "Barsa"ning eng asosiy yulduzi bo‘lishni xohlamadi," – dedi Neymarning otasi Senior Santos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!