Neymarning PSJdagi taqdiri yangi murabbiy kelgach hal bo‘ladi

  • 20 iyun, 2023, 16:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Luis Enrikening PSJ postiga tayinlanishi Neymarning parijliklar safida qolishga ishontirishi mumkin.

Tecno

Avvalroq, braziliyalik futbolchi klubdan ketish haqida o‘ylayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. PSJ ham Mbappe atrofida jamoa qurish uchun Neymar bilan xayrlashishga tayyor. 

"L’Equipe" nashrining yozishicha, Enrikening ehtimoliy tayinlanishi braziliyalik vingerni ishontirishi mumkin. Chunki Neymar ispaniyalik mutaxassis bilan iliq munosabatlarni saqlab qolgan. 

Shuningdek, Enrikening kelishi Marko Veratti uchun ham yaxshi xabar bo‘lishi kutilyapti. Murabbiyga Markoning o‘yini yoqadi. Ma’lumotlarga qaraganda, Luis parjiliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!