Nihoyat, “Nyukasl” yangi bosh murabbiy topdi

  • 1 noyabr, 2021, 14:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tgan “Nyukasl” jamoani etakchi klublar qatoriga qo‘shadigan murabbiy izlayotgan edi. Antonio Konte, Zinedin Zidan, Erik ten Xag kabi tajribali mutaxassislar “qarg‘alar” bilan ishlashni istamadi.

Ma’lumotlarga qaraganda,  ayni paytda ishsiz yurgan Jon Terri “Nyukasl” futbolchilariga ustozlik qilishga rozilik bergan. Yosh murabbiy o‘tgan yozda “Aston Villa”ni tark etganidan beri ishsiz edi.

“Nyukasl” rahbariyati qishki va yozgi transferlar davrida jamoani kuchaytirish uchun etarli darajada mablag‘ ajratishga qaror qilgan. Buning uchun Jon Terri autsayderlar qatoriga tushib qolgan jamoani premer-ligada olib qolishi kerak bo‘ladi.

Keyingi mavsumdan boshlab, yuqori maqsadlar sari kurashadigan jamoani shakllantirishga e’tibor qaratiladi. Bu ish Jon Terrining qo‘lidan keladimi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!