Nihoyat! Shomurodov bugun "Betis"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadi (taxminiy tarkiblar)
Bugun Evropa ligasida 4-tur o‘yinlari start oladi.
Legionerimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" klubi safarda Ispaniyaning "Betis" jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:45 da start oladi.
Ushbu bahs oldidan klub fan sahifalari taxminiy tarkiblarni ma’lum qildi. Unga ko‘ra, "bo‘rilar"ning umidli vakili Shomurodov bu o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi.


Fikrlar