Nikola Lazarevich: "Futbolchilarimizga balki motivatsiya etishmagandir"

  • 18 aprel, 2022, 23:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” klubi bugun O‘zbekiston Soca-Cola Kubogi 3-turida “Dinamo”ga qarshi maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etildi va “Qizilqum” keyingi bosqichga chiqdi.

Tecno

O‘yindan keyin navoiyliklar bosh murabbiyi Nikola Lazaervich Sports.uz uchun o‘yin borasidagi taassurotlarini ochiqladi.

- Birinchi navbatda “Dinamo” jamoasini kurashlarga boy o‘yin ko‘rsatgani bilan tabriklayman. Ularni tarkibi o‘zgargan. Iqtidorli yoshlari bor, oxirigacha kurashishdi.

O‘zimni jamoamga keladigan bo‘lsak, hammasi yaxshi kechdi, o‘yindan qoniqdim. Futbolchilarim ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi. Ko‘plab imkoniyatlarni yaratdik. Faqat foydalana olmadik. Nimaga bunday bo‘lganini o‘yinni qayta ko‘rib chiqib, tahlil qilamiz.

Futbolchilarimizda “Dinamo” tarkibini o‘zgartirganini ko‘rib, balki motivatsiya etishmagandir, ammo raqib hurmatga loyiq, - dedi Lazarevich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!