"Nima bo‘lishidan qat’i nazar, u kelasi mavsum MYuda bo‘lmaydi!"

  • 21.02.2022 15:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" afsonasi Gari Nevill klub boshqaruvidagi Ralf Rangnikning kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Albatta, u Ole-Gunnar Sulsherdan farq qiladi, bunga hech qanday shubha yo‘q. Menimcha, MYuni boshqarish Rangnik tasavvur qilganidan qiyinroq ish. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, u kelasi mavsum "qizil iblislar"ni boshqarmaydi deb o‘ylayman. Klubga boshqa murabbiy keladi.

O‘ylaymanki, Ralf yangi mutaxassis topishga ko‘maklashadi. Shuningdek, Rangnik keladigan murabbiyga futbolchilar haqida ko‘proq maslahatlar berishi lozim. Boisi, u manchesterliklarning ruhiyati, mashg‘ulotlarda ishlashi, katta o‘yinlarga qanday tayyorlanishini biladi.

MYuni boshqaradigan inson Gvardiola, Klopp va Tuxel bilan raqobat qila oladigan darajada kuchli bo‘lishi lozim. Agar bu trioga bas kela olmasa, hech narsadan umid qilmasa ham bo‘laveradi. Ayni paytda "Manchester Yunayted"ga kuchli mutaxassis kerak",-dedi sobiq futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, mankuniyaliklar 26-turdan so‘ng 46 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalining 4-pog‘onasini band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!