"Сити"ning 122 million funtlik ikkinchi taklifi ham rad etildi
"Manchester Siti" rahbariyati "Nottingem Forest"ga jamoa yarim himoyachisi Elliot Anderson transferi bo‘yicha ikkinchi taklifini yubordi, ammo yana rad javobini oldi.
BBC Sport xabariga ko‘ra, mankuniyaliklar taklifi 106 million funtni tashkil etgan, bonuslar bilan birga summa 122 million funtgacha yetishi mumkin edi.
Agar tomonlar kelishuvga erishsa, 23 yoshli yarim himoyachi futbol tarixidagi eng qimmatbaho ingliz futbolchisiga aylanadi.
Hozircha bu borada rekord 2023 yilda "Vest Xem"dan "Arsenal"ga 105 million funt evaziga o‘tgan Deklan Raysga tegishli.
Anderson — "Nyukasl" tarbiyalanuvchisi. U 2024 yilda "Nottingem Forest№ safiga 15 million funt evaziga qo‘shilgan.
O‘tgan mavsumda u APLda 38 o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi. Umuman olganda, klub uchun 92 marta maydonga tushib, olti bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
Manbalarga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar turnir davomida ham izchil ravishda davom etishi mumkin.

Fikrlar