Nobel Arustamyan: "Galatasaroy" Shomurodovni sotib ololmaydi, chunki u juda ham qimmat
Rossiyalik mashhur sport sharhlovchisi Nobel Arustamyan "Galatasaroy" klubi skautlari kecha RPLning 5-turidan o‘rin olgan "Rostov" hamda "Krilya Sovetov" (1:0) uchrashuvda hamyurtimiz Eldor Shomurodovni kuzatib borishganini aytdi.
“Turk klubi Shomurodovni sotib ololmaydi, chunki u juda ham qimmat. Bundan tashqari “Rostov”ning o‘zi ham uni qo‘yib yubormoqchi emas”, - deydi Arustamyan.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi premer-liganing o‘tgan 5ta turida o‘z hisobiga 4ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar