Nodirbek Abdusattorov bugun blits yo‘nalishida ishtirok etadi. U nechanchi bo‘lib saralandi?

  • 29.12.2021 11:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO
Polshaning Varshava shahrida shaxmat bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Kecha yakuniga etgan rapid yo‘nalishida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qo‘lga kiritib o‘ziga xos tarixiy natija qayd etgan edi. Bugun Nodirbek va yana ikki nafar shaxmatchilarimiz blits yo‘nalishida ham bahslarga kirishadi. Unda 187 nafar ishtirokchilar orasida  Abdusattorov 26,  Shamsiddin Vohidov 60, Javohir Sindarov 137-raqamda saralangan. 
 
Blis yo‘nalishida har bir o‘yinchi uchun 3 daqiqa vaqt beriladi. Bunda jami 21 tur yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Bugungi dasturdan 12 ta tur o‘rin olgan bo‘lib, o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!