Nodirbek Abdusattorov Turkiya shaxmat ligasida o‘z yurishini boshladi. Hindistonlik Gukesh ham shu erda...

  • 17 avgust, 2022, 15:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
CHERY AUTO

Yaqindagina O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan Nodirbek Abdusattorov Turkiyaning Anqara shahrida start olgan Turkiya shaxmat ligasida ishtirok etmoqda.

Tecno

Kecha, 16 avgust kuni turnirning ilk davrasida mezbon shaxmatchi FM Yaniz Kaan Erdogmus (2373) bilan qora donalarda o‘ynagan GM Nodirbek Abdusattorov (2688) o‘zining dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yana bir shaxmatchimiz IM Ortiq Nig‘matov (2433) oq donalarda Ozarbayjon vakili GM Nijat Abasovga (2633) imkoniyatni boy berdi.

Shuni ta’kidlash lozimki, turnirda bir qator kuchli shaxmatchilar bolgariyalik GM Ivan Cheripanov (2685), chexiyalik GM Dai Van Nguen (2629), hindistonlik GM Gukesh (2684) va GM Nihal Sarin (2574) ham qatnashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!