No‘’mon Hasanov: Penaltini urolmaganimiz yaxshi bo‘ldi, chunki...

  • 20 noyabr, 2020, 21:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 23-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Navbahor" - "Surxon" jamoalari bahsidan so‘ng mezbonlar ustozi No‘’mon Hasanov o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Avvalo bugungi g‘alaba bilan barchani, ushbu yutug‘imizda munosib hissalari bo‘lgan viloyat hokimi, klub rahbariyati, klubimiz homiylari, shuningdek, muxlislar hamda yaxshi o‘yin namoyish etgan futbolchilarni tabriklayman.

Bugungi g‘alaba yigitlarga qo‘shimcha ruh bag‘ishlaydi, degan umiddaman. Chunki qatorasiga 3ta uchrashuvdan buyon zafar quchyapmiz. Hali oldinda Superliga va O‘zbekiston kubogi o‘yinlari bor va g‘alabalarimiz bardavom bo‘ladi, degan niyatdaman. Bugungi o‘yin borasida gapiradigan bo‘lsam, uchrashuv juda yoqdi. To‘g‘ri, kichik hisobda g‘alaba qozondik. Biroq, futbolchilar berilgan ko‘rsatmalarga amal qilgan holda, to‘pni bir-birlariga aniq oshirgan holda, rohatlanib, to‘p surishdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoamizda ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Hattoki, penaltini ham urolmadik. Lekin, bu bir tarafdan yaxshi ham bo‘ldi. Boisi, futbolchilar 2-bo‘limda maydonga xuddi hisob 0:0 bo‘lganidek, chiqishdi hamda yakunda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!