
Norchaev jamoasi uy uchrashuvlarini Grozniyda o‘tkazadi
Legionerimiz Husain Norchaev harakat qilayotgan "Alaniya" klubi uy o‘yinlarini boshqa stadionda o‘tkazadi.
Klub matbuotining xabariga ko‘ra, vladikavkazliklar chempionat doirasidagi qolgan uy bahslarini Grozniydagi "Ahmat Arena"da qabul qiladi.
"Qizil-sariqlar" FNLdagi ilk uy uchrashuvini 22-turda "Kuban"ga qarshi o‘tkazadi. "Alaniya" ayni damda 39 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar