
Noyer: "Bizga bu o‘yinda faollik etishmadi"
Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan "Kopengagen"ga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
"Raqibdan tartibli o‘yin ko‘rsatishini kutgandik. Ular aynan shunday harakat qilishdi. "Bavariya"ga bu o‘yinda faollik etishmadi, ayniqsa birinchi bo‘limda. Tanaffusdan so‘ng o‘zimizni yaxshilashga muvaffaq bo‘ldik va ishonchliroq o‘ynay boshladik, ammo bu etarli emas edi. Bizda deyari imkoniyatlar bo‘lmadi", - deya darvozabonning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, nemis grandi pley-off masalasini hal qilgan. Tuxel shogirdlari 5-turdan so‘ng 13 ochko "A" guruhida birinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar