No‘’mon Hasanov "Bunyodkor" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

  • 27 oktabr, 2020, 21:43
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 21-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Tecno

O‘yindan so‘ng "lochinlar" ustozi No‘’mon Hasanov uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Assalomu alaykum! Xudoga shukr, bugun uzoq kutilgan g‘alabaga erishdik. Buning uchun yigitlarga katta rahmat aytaman. Futbolchilar kuchli jamoaga munosib qarshilik ko‘rsata olishdi.

“Bunyodkor” jamoasi a’zolariga ham chiroyli o‘yin namoyish etishgani uchun rahmat aytaman. Har ikki jamoa bugun ochiq o‘yin namoyish etdi. Hisob ochilganidan so‘ng, negadir yigitlar hujumkorlikni susaytirishdi. Natijada tanaffusga sanoqli daqiqalar qolganida mehmonlar hisobni tenglashtirishdi.

Ikkinchi bo‘limda yigitlar tanaffusda berilgan ko‘rsatmalarga to‘liq amal qilib, ikkinchi to‘pni kiritganimizdan so‘ng, ochilib, to‘pni nazorat qilishdi hamda zafar quchishdi. Buning uchun yigitlarga minnatdorlik bildiraman. To‘g‘ri, xatolar bo‘ldi. Jamoaga men kutgan o‘yinni namoyish etishi uchun vaqt kerak. Hali bu borada ish olib boramiz, - dedi No‘’mon Hasanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
28/10/2020 11:49
Хасанов газини босс
Яшин. Ш.И
28/10/2020 01:57
Хасанов учун қолган тур учрашувлари Навбахорни бошқаришга лойиқми йўкми шунга аниқлиб киритиб беради.
Ўзингизни кўрсатишга зўр имконият.
Навбахор ва Хасановга омад.
Кахрамонжон Сафаров
27/10/2020 21:57
Нумон сизга гап йук кейинда омад тилайман дальше болаларни олдинга тортинг