
Nurotada eng kuchli polvonlar aniqlandi
Navoiy viloyatining Nurota tumanida joylashgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha 15-16 yoshli yigit-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda mamlakatimiz belbog‘li kurash federatsiyasi tomonidan yoshlar o‘rtasida milliy qadiryatlarimizni yanada ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan munatazam shug‘ullanishlari uchun imkoniyat yaratish va belbog‘li kurash bo‘yicha yangi nomlarni kashf etish maqsadida tashkil etilgan mamlakat kubogida yurtimizning barcha hududidan kelgan 300 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok erkin va klassik yo‘nalishlarda o‘zaro raqobatlashdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi klassik yo‘nalishda o‘tgan bellashularda Shuhratbek Qirg‘izboev, Izatilla Jumanov, Samandar Soliev, Kamronmirzo Ismonaliev, Hayotbek Kamoliddinov, Jahongir Eshqo‘ziev, Ilyosbek Yoqubjonov, Fayzullo Muptillaev, Samandar Anvarov, Xurshidbek Yo‘ldoshev, Ilyosbek Mirzahmatov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Erkin yo‘nalishda kuch sinashgan qizlar o‘rtasida Moldir Alimboeva, Madina Akramova, Yasmina Sodiqova, Sayyora Muratboeva, Mohinur Rahmonova, Oydinaxon Otaqulova hamda O‘g‘iloy Salimova barcha raqiblarini engib oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, musobaqada o‘g‘il bolalar o‘rtasida ham erkin yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi. O‘zbekiston kubogi yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Fikrlar