Nursulton Ro‘ziboev -Eduard Arustamyan qarama-qarshiligida kimning imkoniyati yuqori?

  • 6 dekabr, 2021, 19:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

12 dekabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida katta MMA kechasi o‘tkaziladi. Aniqroq qilib aytganda Rossiyaning “Open FC” hamda Qozog‘istonning “Alash Pride” promousheni hamkorlikda o‘ziga xos turnir tashkil etadi.

Tecno

Ushbu jang kechasida yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan MMA vakillaridan biri Nursulton Ro‘ziboev o‘ziga tegishli bo‘lgan “Open FC” ning o‘rta vazn (84 kg) toifasidagi chempionlik kamarini himoya qiladi. Raqib esa Armaniston vakili Eduard Arustamyan bo‘ladi.

Biz ushbu qarama-qarshilik borasida biroz tahliliy so‘z yuritdik...

ruz

Eduard Arustamyan...

Rasmiy tarzda rekordlar xisoblanib boradigan saytlarda uning ko‘rsatkichi turli xil tarzda ko‘rsatilgan. Sherdog.com da  8-2 ko‘rinish olgan bo‘lsa, Fighttime.ru esa  9-2 ko‘rsatkichni qayd etgan. Ba’zi manbalarga tayanadigan bo‘lsak, uning reytingga kiritilmagan janglari ham bor va ular bilan qo‘shib hisoblaganda  rekordi 15-2 ko‘rinish oladi.

Biz esa, 9-2 natijasi bo‘yicha uning g‘alabalari qay tarzda qo‘lga kiritilganiga to‘xtalib o‘tamiz. Demak, Arustamyan 9 ta g‘alabasining 4 tasini nokaut, 3 tasini texnik nokaut bilan yakunlagan. Ikkitasini esa sabmishen evaziga qo‘lga kiritgan.

Aslida, Arustamyanning ba’zasi  erkin kurash bo‘lsa ham, u asosan “stoyka”da jang o‘tkazishni xush ko‘radi. Asosiy zarbani o‘ng qo‘lida beradi. Har ikki qo‘lida ham kuchli zarbalarga ega. Qolaversa, kurashdan chiqqanligi “teyk-daun”larni amalga oshirishda ham qo‘l keladi. U so‘ngi jangini 2020 yil 23 iyulda BFC 57 (Belarusian Fighting Championship) turnirida rossiyalik Vladimir Fedinga qarshi o‘tkazgan va 2-raundda sabmishen evaziga mag‘lubiyatga uchragan. Hozirda, hamyurtimizning raqibi 33 yoshda va 181 sm bo‘yga ega.

ed

Nursulton Ro‘ziboev...

Yurtdoshimizning faoliyati va erishayotgan natijalarini MMA ixlosmandlari juda yaxshi biladi. Shunday bo‘lsa ham, bu haqida to‘xtalib o‘tishni joiz topdik.

Nursulton professional faoliyati davomida 43 ta jangda o‘tkazgan. Ularning 32 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 8 bora mag‘lubiyatga uchragan. 2 durang va bir hisobga olinmagan jangi ham mavjud.  G‘alabalarining 19 tasini sabmishen, 11 tasida nokaut (6 ta texnik nokaut) bilan qo‘lga kiritgan.

Ta’bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, hamyurtimizning janglarida rang-baranglik bor.  “Armbar”, “Kimura”, ”Slam” , “Gilotina” uslublarida g‘alaba qozongan janglarini ko‘rishimiz mumkin. Xullas, uning jiu-jit-susi a’lo darajada. Ayniqsa, so‘ngi janglarida guvohiga aylanishimiz mumkinki, “Kimura” uslubi uning tashrif qog‘oziga aylanib ulgurdi.

Xullas, ushbu qarama-qarshilikda yurtdoshimiz har jabhada raqibidan ustun, deya olamiz. Yosh jihatdan raqibidan 5 yosh kichik. Tajriba borasida esa anchagina ustun. Shuningdek, bo‘yi ham raqibidan 11 sm balandroq. Qolaversa, tezlik va texnika ham Nursultonda Arustamyanga nisbatan yaxshi shakllangan. To‘g‘ri, raqib erkin kurashda toblangan. Biroq, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, hamyurtimizning jiu-jit-susi unga har qanday holatda qiyin vaziyatni taqdim etadi. Qolaversa, Ro‘ziboev “kardio” borasida ham maqtana oladi.

Ammo, MMAda har qanday holat yuzaga kelishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, hamyurtimizga ishonamiz va u chiroyli g‘alaba qozonib, o‘z titulini himoya qilahgan holda, o‘zbekistonlik MMA ixlosmandlarini xursand qiladi.

Bu borada esa unga zafarlar tilab qolamiz. Omad Nursulton!

ruziboev_1

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!