«Nyukasl» «Arsenal»ga Gimaraynesni sotishdan bosh tortdi

  • 08.07.2026 16:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Nyukasl Yunayted» joriy transfer oynasida yarim himoyachi Brunu Gimarainsni «Arsenal»ga qo‘yib yuborish niyatida emas. "Football Insider" nashri xabariga ko‘ra, «soroklar» rahbariyati londonliklar tomonidan taklif etilgan 55 million funt sterlinglik rasmiy taklifni rad etgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa pozitsiyasi jamoaning boshqa yetakchilari — Entoni Gordon va Sandro Tonali klubni tark etganidan so‘ng yanada qat’iylashgan. Bosh murabbiy Eddi Xau braziliyalik futbolchi bilan xayrlashishga keskin qarshi va uni jamoa tarkibida saqlab qolishni istamoqda.

 

2025/2026 yildgi mavsumda Gimarains barcha musobaqalar doirasida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli pas berdi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!