"Nyukasl" chempionlarning uchinchi taklifini ham rad etdi

  • 09.07.2026 11:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Nyukasl» klubi sharafini himoya qilayotgan braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimaraesh Angliya premer-ligasining amaldagi chempioni «Arsenal» jamoasi diqqat markazida turibdi.

Jurnalist Fabrizio Romano xabar berishicha, «Arsenal» rahbariyati futbolchini qo‘lga kiritish uchun «Nyukasl»ga taxminan 76 million yevro atrofida taklif yo‘llagan.

Biroq «qarğalar» londonliklarning uchinchi taklifi summasini ham yetarli, deb hisoblamay, rad javobini bergan. 

Klub 28 yoshli yarim himoyachini sotishdan kamida 80 million yevro ishlab topishni ko‘zlamoqda.

O‘tgan mavsumda Bruno Gimaraesh «Nyukasl» tarkibida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasiga to‘qqiz marta aniq zarba yo‘lladi va sakkiz bor golli pas bilan taniqli bo‘ldi.

Jahon chempionatida esa u Braziliya terma jamoasi safida besh o‘yin o‘tkazib, to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!