"Nyukasl" egalari "Chelsi"ni sotib olishi mumkin
Jahon futbolining eng boy klubi hisoblanmish "Nyukasl"ning egalari "Chelsi"ni ham sotib olishi mumkin. Bu haqda klub direktorlar kengashi a’zosi Amanda Steyvli gapirib o‘tdi.
"Ha, biz "Chelsi"ni ham sotib olishimiz mumkin. Bunga qurbimiz etadi.
Biroq bizda bitta muammo bor. Biz bor e’tiborimizni bitta klubga qaratishimiz kerak.
Ya’ni "Chelsi" yoki "Nyukasl"dan faqat bittasiga egalik qilishimiz mumkin. Bizda 1 klub bor edi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi", - dedi angliyalik tadbirkor.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" rahbari Roman Abramovich klubni 3 milliard evroga sotishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Fikrlar