"Nyukasl" o‘z etakchisini tarkibda saqlab qolish yo‘lini topdi

  • 21.09.2024 14:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" angliyalik hujumchi Entoni Gordon bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Daily Mirror nashri xabariga ko‘ra, "qarg‘alar" shu yo‘l bilan etakchi futbolchisini Angliya Premer-ligasining top-klublari qiziqishlaridan himoya qilmoqchi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Nyukasl" Gordonni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishga tayyor. Rahbariyat shu orqali 23 yoshli hujumchiga motivatsiya bermoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Gordon “Nyukasl” safiga 2023 yilning yanvarida “Everton”dan 60 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!