
«Nyukasl» o‘z tarkibini kuchaytirish yo‘lini izlashda davom etmoqda
Daily Mail xabariga ko‘ra, "Nyukasl Yunayted" bosh murabbiyi Eddi Xau «Inter»dan hujumchi olib kelmoqchi. Manba xabar qilishicha, ingliz klubi 35 yoshli Edin Jekoni xarid qilmoqchi.
«Neradzurrilar» o‘zining etakchi futbolchisini mavsum o‘rtasida qo‘yib yuborishga tayyormi yoki yo‘qligi hozircha noma’lum. Sababi, «qora-oqlar» yanvar oyida transferni amalga oshirmoqchi.
Joriy mavsumda Jeko 17 ta o‘yinda 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar