
“Nyukasl” Rangnikni dog‘da qoldirmoqchi
“Nyukasl” mutasaddilari “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik ko‘zlab yurgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakatni boshladi.
Manchesterlik skautlar bosh murabbiy topshirig‘iga ko‘ra, “Leyptsig” safida o‘ynayotgan yarim himoyachi Amadu Aydarani kuzatib yurgan edi. Rangnik 23 yoshli yarim himoyachini Manchesterga taklif qilmoqchi va bu transfer uchun Bundesliga vakiliga 33 million funt to‘lashni mo‘ljallamoqda.
“Nyukasl” esa, saudiyalik investorlar yordamida kattaroq summa tikishga tayyor.
Aydara joriy mavsumda Germaniya chempionati doirasida 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.
Fikrlar