
"Nyukasl" yana bir transfer amalga oshirishga yaqin turibdi
"Nyukasl" jamoasi navbatdagi haridini amalga oshirish arafasida. Qayd etilishicha, klub "Lion" futbolchisi Bruno Gimaraesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"The Sun" nashriga ko‘ra, frantsuz klubi taklif etilgan 30 million funt sterlingni qabul qilgan. Agar ushbu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, Bruno "qarg‘alar"ning eng qimmat ikkinchi futbolchisiga aylanadi.
Ta’kidlash lozim, braziliyalik iqtidorni "Arsenal" va "Yuventus" ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi.
Ma’lumot o‘rnida, Bruno Gimaraes joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 20 ta bahsda 4 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar