“Nyukasl” yulduzli tarkib tuzyapti

  • 22.10.2021 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Nyukasl” tarkibiga qimmatbaho futbolchilarni jamlashni rejalashtiryapti. Ular qishda “Everton” to‘purari Dominik Kelvert-Lyuinni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Klubning yangi xo‘jayinlari 24 yoshli angliyalik futbolchi jamoa hujumini sezilarli darajada kuchaytirishiga ishonmoqda.

Garchi, Dominikka “Real” va “Arsenal”dan qiziqish borligiga qaramay, “Nyukasl” yaxshi to‘lov evaziga uni o‘ziga og‘dirmoqchi.

Ayni paytda futbolchining “Everton” bilan shartnomasi bor va u 2025 yilning yarmigacha amal qiladi. “Nyukasl” esa 60 million evro evaziga liverpulliklarni hujumchini sotishga ko‘ndirmoqchi bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
22/10/2021 21:28
Янги бойларда...
Энди бу ёғи пулинг бўлса чанголда шўрвада.