
"Nyukasl"ning ikkinchi transferi MYu hujumchisi bo‘ladi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
"The Times" nashri tarqatgan xabarga qaraganda, frantsiyalik futbolchiga "Nyukasl"dan qiziqish bor. Jamoa 26 yoshli hujumchini mavsum so‘ngiga qadar ijaraga olmoqchi.
Avvalroq, Antoniga "Sevilya", "Barselona", "Atletiko" va "Yuventus" kabi grandlar qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Uning transferi 32 million evroga baholanmoqda.
Marsyal "qizil iblislar" safiga 2015 yilda "Monako"dan kelib qo‘shilgan. Joriy mavsum u 10 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar