Obameyang xotiralar bilan o‘rtoqlashdi

  • 03.10.2022 19:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” hujumchisi Obameyang “Milan”da o‘ynagan davrini esga oldi.

“To‘g‘risini aytganda, ular juda kuchli edi. Ronaldu, Maldini, Nesta... Men juda yosh edim. Shuning uchun ijarada o‘ynashni tanlaganman.

Imkon qadar ko‘proq Ronaldoni kuzatardim. To‘g‘risini aytsam, o‘shanda u biroz semiz edi. Ammo hali ham eng zo‘ri edi. Karlo Anchelotti uning jismoniy holatini gapirganida, Ronaldoning javobi esimda: Sen yugurishimni xohlaysanmi yoki gol urishimni? Anchelotti  unga javoban: gol urishingni xohlayman, - degandi.

Keyingi uchrashuvda Ronaldo ikkita gol urgandi. Bu harakter hujumchi sifatida sizga kerak. Sababt, ruhiy jihatdan siz kuchli bo‘lishingiz kerak”- dedi gabonlik hujumchi Obameyang.

Yozgi transferlar oynasida Obameyang “Barsa”dan “Chelsi"o‘tdi. “Kristal Pelas”ga qarshi uchrashuvda (2:1) “aristokratlar” jamosidagi debyut golini urdi.




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!