Obameyangdan qutulish "Arsenal"ga qanchaga tushdi?

  • 2 fevral, 2022, 19:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Arsenal» gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyangga shartnomani muddatidan avval bekor qilgani uchun qancha pul to‘lagani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

The Times tarqatgan xabarga qaraganda, London klubi hujumchiga 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomasini bekor qilish uchun salkam 7 million funt (8,4 million evro) to‘lagan. Ushbu kelishuvga ko‘ra, Obameyang haftasiga 350 ming funt (deyarli 420 ming evro) olgan.

Ta’kidlash kerakki, Obameyang “Barselona” safiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tdi.

Kataloniya klubiga o‘tgani uchun Obameyangning maoshi sezilarli darajada kamaydi. Xabar qilinishicha, gabonlik futbolchi mavsum oxirigacha “Barsa”da haftasiga 5000 evro oladi, biroq uning maoshi keyingi mavsumda ortadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!