Obameyangni jag‘ini sindirishdi. Endi u futbol o‘ynolmaydi

  • 31 avgust, 2022, 18:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Barselona” hujumchisi Per-Emerik Obameyangning uyiga bosqinchilar kirib, futbolchini do‘pposlagani va qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketgani haqida ma’lumot tarqatilgan edi.

Tecno

The Athletic nashri jurnalistlarining aniqlashicha, bosqinchilardan kaltak egan Obameyangni jag‘i singan. Futbolchi jarohatini operatsiya qilishdirishga majbur bo‘lishi mumkin. U bir necha oy mobaynida futbol o‘ynay olmasligi aytilmoqda.

33 yoshli to‘purarning hozirgi ahvoliga qaramasdan “Chelsi” uni o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda.

Kataloniyaliklar yozgi transferlar vaqtida gabonlik futbolchini sotib yuborishga harakat qilayotgan edi. Shunday bo‘lsa-da, tomonlar hali o‘zaro kelisha olgani yo‘q.

Shu yilning yanvaridan beri “Barselona” safida 24 ta uchrashuv o‘tkazgan Obameyang o‘z hisobiga 13 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!