
OChL-2022: "Nasaf" bugun Xavining sobiq jamoasiga qarshi o‘ynaydi
Qarshining “Nasaf” klubi bugun Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida Qatarning “Al-Sadd” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi. O‘yinni Futbol TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” ayni damda “E” guruhida 5 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda bormoqda. “Al-Sadd” esa 4 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar