OChL-2022. "Nasaf" va "Paxtakor" keyingi o‘yinlarini qachon va kimga qarshi o‘tkazadi?

  • 9 aprel, 2022, 08:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni damda Osiyo Chempionlar ligasining G‘arb mintaqasi guruh bosqich uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasida O‘zbekistonning ikki klubi – “Paxtakor” va “Nasaf” ishtirok etmoqda. “Sherlar” ilk turda Eronning “Sepaxon”iga 3:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, “Nasaf” Qatarning “Al-Sadd” klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Endi “Paxtakor” guruh bosqichining navbatdagi uchrashuvini 11 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da Saudiya Arabistonining “Al-Taavun” klubiga qarshi o‘tkazadi. “Nasaf” esa 11 aprel kuni Iordaniyaning “Al-Vexdat” klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Nasaf Qarshi
10/04/2022 04:11
Иодарнияни энди ютармизда худо хохласа