
OChL-2022. "Nasaf" va "Paxtakor" keyingi uchrashuvini qachon va kimga qarshi o‘tkazadi?
Osiyo Chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan ikki klubimiz – “Paxtakor” va “Nasaf” musobaqaning yangi haftada guruh bosqichidagi so‘nggi tur uchrashuvlarini o‘tkazishdi.
Jumladan, “Paxtakor” 27 aprel kuni Saudiya Arabistonining “Al-Ta’vun” klubiga qarshi, “Nasaf” esa xuddi shu kuni Iordaniyaning “Al-Vehdat” klubiga qarshi maydonga tushadi. “Sherlar” ishtirokidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da, “ajdarlar” ishtirokidagi o‘yin esa 22:15 da bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” 3 ochko bilan “D” guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Toshkent jamoasi pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qotgan. “E” guruhida kurash olib borayotgan “Nasaf” esa 8 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Qarshi klubida guruh bosqichini 1-o‘rinda yakunlash imkoniyati ham mavjud.
Fikrlar