
OChL. 9 ta gol urilgan o‘yinda "Paxtakor" "Nasaf"ga yordam berib yubordi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al-Ta’avun" bahsi yakuniga etdi. Unda "sherlar" 5:4 hisobida raqibdan ustun keldi.
Vakillarimizdan Abbosbek Fayzullaev, Aziz Turg‘unboev, Sardor Sobirxo‘jaev, Mirjahon Mirahmadov hamda Abbos Ergashev gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Voyneski shogirdlari 6 turda 6 ochko bilan so‘nggi pog‘onanadan joy oldi. "Al-Ta’avun" hisobidagi 7 ochko o‘zgarishsiz qoldi.
Ayni vaqtda o‘z guruhida ikkinchi o‘rinda borayotgan Saudiya Arabistoni klubining ochko yo‘qotishi "E" guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turgan "Nasaf" uchun qulay natija hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, g‘arbiy mintaqada 5 ta guruhdan 3 ta eng yaxshi 2-o‘rin sohiblari pley-off bosqichiga yo‘l oladi.
Fikrlar