OChL. Bor umidimiz "Nasaf"dan! Ularni bugun muhim o‘yin kutib turibdi

  • 23 aprel, 2022, 04:44
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha Toshkentning "Paxtakor" jamoasi OChL 5-turi doirasida "Sepaxon"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va Osiyo chempionlari ligasi guruh bosqichida qolib ketdi. 

Bugun yana bir klubimiz "Nasaf" o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Ayni vaqtda 5 ochko bilan o‘z guruhida ikkinchi pog‘onani band etib turgan "ajdarlar"ni "Al-Sadd"ga qarshi muhim o‘yin kutib turibdi. 

Qayd etish lozim, mazkur jamoalar OChL 1-turi doirasida o‘zaro kuch sinashgan. Unda qarshiliklar ikki kishi kam bo‘lib qolgan raqib bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:15da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. мансур
23/04/2022 04:48
Хорамхўр Ирисметов ва Ходиевларнинг откатлари татияптимикин, 1 йил мобайнида майдонга туширилмаган Ларинни, 2 йил мобайнида ҳеч қайси жамоада ишламаган Войнескини олиб келганлиги, Хаджиевни нима каромати учун олиб келганлигига жавоб бермайдими бу лўлилар