OChL. Bugun Aziz G‘aniev jamoasi peshqadamga aylanib olishi mumkin

  • 22.04.2022 10:59
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Bugun Osiyo Chempionlar ligasi 5-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Legionerimiz Aziz G‘aniev harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" klubi Turkmanistonning "Ahal"iga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da start olishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, dubayliklar ushbu bahs oldidan 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Bugungi ehtimoliy g‘alaba ularni peshqadamga aylantirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!