
OChL. Bugun "Lokomotiv" Toshkentda, "Paxtakor" esa Doxada o‘ynaydi
Bugun Osiyo Chempionlar ligasida guruh bosqichining 4-tur uchrashuvlari boshlanadi.
Biz uchun ahamiyatlisi ushbu musobaqada ishtirok etayotgan ikki klubimiz ham bugun o‘zlarining navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazishadi.
Dastlab, Toshkent vaqti bilan soat 18:00dan boshlab “Lokomotiv” – “Al Ittixod” o‘yini start oladi. Keyin esa soat 21:00dan e’tiboran Qatarda “Al Sadd” – “Paxtakor” uchrashuvi boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, “B” guruhida kurash olib borayotgan “Lokomotiv” hozircha 3 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Hisobida 5 ochko bo‘lgan “Paxtakor” esa o‘zi ishtirok etayotgan “D” guruhida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar