
OChL. Bugun "Paxtakor”ni faqat g‘alaba qoniqtiradi
Bugun Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvlari boshlanadi. Ushbu tur doirasida Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Tabrizning "Traktor" klubiga qarshi maydonga tushadi.
Turnir jadvalida qiyin ahvolda borayotgan "sherlar" uchun bu o‘yin oxirgi imkoniyat hisoblanadi. Sababi, g‘alabadan boshqa har qanday natija vakillarimizni guruh bosqichi tugashi bilanoq, Toshkentga qaytaradi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar