OChL guruh bosqichi oldidan "Nasaf" yulduzi safdan chiqdi

  • 3 aprel, 2022, 12:34
  • Javokhir Azimov
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvida mehmonlar 1:0 hisobida ustun keldi.

Tecno

Mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan qarshiliklar uchun noxush xabar ham yo‘q emas. Gap shundaki, o‘yinning 67-daqiqasida "ajdarlar" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Sherzod Nasrullaev jarohat olgan holda, maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi. U shifokorlar yordami bilan zaxira o‘rindig‘iga etib keldi.

Shuningdek, bu bahsda "temiryo‘lchilar" ham o‘z etakchisini yo‘qotdi. Birinchi bo‘limda eng faol o‘yinchilardan biri bo‘lib turgan G‘ulom-Haydar G‘ulomov jarohat tufayli ikkinchi 45 daqiqalikni maydonda o‘tkazmadi.

Ma’lumot uchun, "ajdarlar" OChL guruh bosqichida ishtirok etish uchun ertaga Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
solijon bobokulov
03/04/2022 17:52
Қачон сафша қайтарквн? Очл у учун жуда катта тажриба бўлардия .. афсус. Ибр. Йўлдошев хам жарохат олди деб эшитд м
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
03/04/2022 14:27
Nasaf yoshlari aynan shu narsadan qochib. uzini shuncha asrasa ham bariber qurqqan narsasi buldi. bachala ikki uchtasi bilan gaplashganimga ham aynan shu narsa qurqushi aytishardi. ayni. OCHL guruh uyinnidan keyin biza asl uyinimizni qilamiz deb aytardi. bariber buldi. Ayniqsa kecha Oybekka kup qupollik qilishdi.
Abbos Boltayev
03/04/2022 13:42
OCHLda oʻynaydigan jamoda bir chiziqda kamida 2 nafar bir xil darajadagi futbolchi boʻlishi shart. Aks holda u jamoa uzoqqa bormaydi. Nasafga esa omad tilayman.
Ashan Fudkort
03/04/2022 13:32
Sports.uz chala savodlari Bobir boʻlmaydi Bobur boʻladi
&
Пахтакор сол
03/04/2022 12:37
Яхши ўйинчи эди, эҳтиёж афсус Насафга ёрдам бероламас экан энди!