
OChL. "Nasaf" Qatar chempioni darvozasiga 3 ta gol urib, peshqadamga aylandi
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan "Nasaf" va "Al-Sadd" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda "ajdarlar" yirik 3:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, bellashuvning 63-daqiqasida Akmal Mozgovoy hisobni ochdi. 75-daqiqada Husain Norchaev o‘yindagi ikkinchi musobaqadagi ilk golini urishga erishdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Mozgovoy dublni rasmiyllashtirdi. Uchrashuvning 90+2 daqiqasida Tobata farqni qisqartirdi.
Ma’lumot uchun, "Nasaf" ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 8 taga etkazib, peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar