
OChL. "Nasaf"da kim to‘purar?
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich o‘yinlari yakuniga etdi. Qarshining "Nasaf" jamoasi 6 uchrashuvda 2 g‘alaba, 3 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan holda, ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi.
Turnir davomida "ajdarlar" tarkibida bir qator yosh futbolchilar o‘zini ko‘rsata oldi. Shunga qaramay, tajribali legioner Marko Stanoevich "Nasaf"ning guruh bosqich o‘yinlaridagi eng yaxshi to‘purariga aylandi.
U 6 o‘yinda 3 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Norchaev hamda Mozgovoyda ikkitadan gol mavjud.
Fikrlar