
OChL. "Nasaf"ning raqiblari o‘rtasidagi bahsda "ajdarlar" uchun qulay hisob qayd etildi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Al-Faysali" - "Al-Vehdat" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarning birinchisida "ajdarlar" Ahmad Sarivah hisobni ochgan bo‘lsa, biroz o‘tib Martin Boyl muvozanatni tikladi.
Ayni vaqtda "Al-Faysali" o‘z guruhida peshqadam hisoblanadi. 5 ochkosi bor "Al-Vehdat" 3-pog‘onani band etgan.
Fikrlar