OChL. "Paxtakor" yubiley g‘alabasiga erishdi!
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al-Ta’avun" bahsi yakuniga etdi. Unda "sherlar" 5:4 hisobida raqibdan ustun keldi.
Vakillarimizdan Abbosbek Fayzullaev, Aziz Turg‘unboev, Sardor Sobirxo‘jaev, Mirjahon Mirahmadov hamda Abbos Ergashev gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, "sherlar" OChLdagi 50-g‘alabasiga erishib, Osiyoda bu natijaga erishgan to‘rtinchi klub bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, toshkentliklar 6 ochko bilan guruhda 4-o‘rinni egalladi.

Fikrlar