
“Octagon 51” turnirida o‘zbekistonlik chempion o‘z titulini himoya qiladi
21 oktyabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida “Octagon 51” turniri tashkil etiladi. Ushbu jang kechasida bir qator hamyurtlarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazishi ko‘zda tutilmoqda.
Eng ahamiyatli jihati esa, Oktagon ligasining yarim engil vazn (65,8 kg) toifasi chempioni, hamyurtimiz Muhammadjon Qurbonov chempionlik kamarini Tojikiston vakili Farhod Davlyatovdan himoya qiladi. Ushbu qarama-qarshilik turnirning markaziy jangi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimizning professional ko‘rsatkichi 10-4 bo‘lsa, tojikistonlik jangchining rekordi 7-2 ko‘rinish olgan.
Fikrlar