Odil Ahmedov: Asosiy maqsadim barcha turnirlarda g‘alaba qozonishdir

  • 12 yanvar, 2017, 15:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor shu kunlarda Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” klubi Qatarning Doha shahrida qishki tayyorgarlik yig‘ining ikkinchi bosqichini amalga oshirmoqda. Kecha esa ular Germaniya Bundesligasi ishtirokchisi Myunxenning “Bavariya” klubi bilan birgalikda mashg‘ulot olib borishdi.

Tecno

Mashg‘ulotlardan so‘ng xitoylik hamkasblarimiz Odil Ahmedovdan intervyuv olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Terma jamoamiz sardori dastavval shanxayliklar ustozi Villash Boash haqida fikr bildirib o‘tdi: “Jamoamizni tajribali mutaxassislardan biri Andre Villash Boash boshqarib borgani quvonarli holatdir. U meni o‘z klubida ko‘rishni juda ham hohlagandi va bu amalga oshdi. Qolaversa, dastlabki nazorat uchrashuvi ham ajoyib tarzda o‘tdi. Jamoadoshlarimning ham jismoniy, ham taktik jihatdan kuchli futbolchilar ekanligiga yana bir bor iqror bo‘ldim”

Shuningdek, futbolchimiz kundalik hayotida Xitoy tili bilan bog‘liq muammolar haqida so‘zlab berdi: "Albatta, boshlanishiga hamma sohalarda ham qiyinchilik bo‘ladi. Lekin baxtimga futbol atamalari hamma joyda birdek ishlatiladi va hozircha Xitoy tili borasida katta muammolarga duchor bo‘lganim yo‘q. Bundan tashqari Vu Ley, Yu Hay va Yan Junlin kabi jamoadoshlarim Xitoy tilini tezroq o‘zlashtirib olishimga yordam bermoqda."

Suhbat so‘nggida Odil Ahmedov o‘z oldiga qanday maqsad qo‘yganligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi: "Bu klub tarkibida harakat qilishdan asosiy maqsad - jamoam bilan ishtirok etadigan har bir turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritishdir."

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!