Odil Ahmedov boshchiligidagi O‘FA ishchi guruhi Namangan viloyatidagi sharoitlar bilan tanishdi

  • 27 yanvar, 2022, 09:05
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yilning iyun oyida mamlakatimizda futbol bo‘yicha 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Qit’amizning nufuzli musobaqasini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, qit’a birinchiligining ayrim uchrashuvlarga Namangan viloyatidagi “Markaziy” stadion mezbonlik qiladi. Bugun O‘FA vitse-prezidenti Odil Ahmedov boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. O‘FA ishchi guruhiga safar davomida Namangan viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi hamda Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi rahbariyati va xodimlari hamrohlik qilishdi. Bu haqda NFA matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2022-01-26_21-57-22 - kopiya (2)

Ishchi guruh vakillari tashrif chog‘ida viloyatda terma jamoalar uchun yaratilgan sharoitlar, mehmonxonalar va mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan stadionlarni ko‘zdan kechirishdi. Mehmonlar dastlab “Oydin plaza”, “Shedevr”, “Axsikent”, “Namangan-S” mehmonxonalaridagi sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, O‘FA ishchi guruhi terma jamoalarning mashg‘ulotlari va rasmiy uchrashuvlari o‘tkaziladigan Uychi tumanidagi “Paxtakor”, Namangan shahridagi “Dinamo”, “Markaziy” stadion zaxira maydonida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kerakli maslahatlarni berishdi.

photo_2022-01-26_21-57-25

photo_2022-01-26_21-56-51 - kopiya - kopiya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
27/01/2022 11:03
ozgena mantiqsizlik lekin Babayan Navbahor murabbiyi. Odil Shogerti ham Namangan ugloni. ayni. hammasi zanjerday. lekin. Navbahor chempion bulsa ham. hursand bulaman. kecha urtoqli uyinga qancha muhlis kergan. bunoqa muhlislarni oldiga. chempion bulmasa ham bulmaydi.
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
27/01/2022 07:46
Ha Odil Ahmedov Namangandagi sharoitlarni bilmasdiya tanishgan bo‘lsa zo‘rku
Rais Buva
27/01/2022 00:44
Yangi mavsumda Navbahor chempion buladi shekli?