
Odil Ahmedov va Roberto Karlosni muxlislar tan olmadi
Maxachkalaning “Anji” klubi o‘zining tashkil topganiga 29 yil to‘lgani munosabati bilan muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, klub tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
E’tiborlisi, “Anji” tarixidagi eng mashhur legioner - Roberto Karlosga ushbu tarkibga kiritilmadi. Shuningdek, hamyurtimiz Odil Ahmedov ham muxlislar tanlovidan chetda qolgan.
Darvozabon: Vladimir Gabulov;
Himoyachilar: Yuriy Jirkov, Kristofer Samba, Joao Karlos, Andrey Eщenko;
Yarim himoyachilar: Lassana Diarra, Leonardo da Silva, Bernard Berisha, Villian;
Hujumchilar: Samuel Eto’O, Yannik Boli.
Roberto Karlos “Anji” safida 2011-2012 yillarda to‘p surgan. Odil Ahmedov esa 2011-2014 yillarda maxachkalaliklar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar