Odil Ahmedov: Xalk o‘rningdan tur, bugun o‘yin bor!
Xitoy chempionatida bosh sovrin uchun kurashayogan “Shanxay SIPG” ketma-ket ikkita g‘alabadan so‘ng, bugun uchinchi uchrashuvini o‘tkazadi. Bu gal Odil Ahmedov jamoasi safarda “Tsindao Xaynyu” futbolchilari bilan kuch sinashadi.
Joriy mavsumda Xitoy chempionatida 16 ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda bahs olib boryapti. Qoidaga ko‘ra, har bir guruhdan to‘rttadan jamoa pley-offda chempionlik uchun kurashni davom ettiradi. Qolgan jamoalar esa, yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun o‘ynaydi.
“V” guruhidan joy olgan “Shanxay SIPG” olti ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Bugun raqib - “Tsindao Xaynyu” atigi bir ochko bilan musobaqa jadvalining quyi qismidan joy olgan.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.



Fikrlar