Odil Ahmedovning "Navbahor"ga kelishi tezlashishi mumkin

  • 25 fevral, 2021, 10:20
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Xitoyning "Tyantszin Teda" klubida faoliyat yuritmoqda. Ushbu jamoaga moliyaviy inqiroz xavf solmoqda. Bu haqda Titan Sports Plus mahalliy manbalarga tayanib xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, 1998 yildan beri klubga egalik qilayotgan Teda kompaniyasi endi klubga pul ajratmoqchi emas. Mahalliy hokimiyat ham klubni qo‘llab-quvvatlashga qiziqish bildirmayapti. Shu bois "Tyantszin Teda"ning tarqalishi muqarrar, deyiladi xabarda.

Hamyurtimiz o‘tgan yili sentyabrda ushbu klubga ko‘chib o‘tgandi. 

Odil Ahmedov intervyularida faoliyatini "Navbahor"da yakunlashini aytib o‘tgandi. 25 noyabrda 34 yoshni qarshi oladigan terma jamoamiz sardori balki Namanganga qaytishi tezlashar?! Nima bo‘lishini, Ahmedov qanday qarorga kelishini vaqt ko‘rsatadi. Voqealar rivojini esa SPORTS.uz saytida kuzating! 

photo_2020-10-16_12-29-44 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
77 77
23/02/2021 22:02
Навбахорда сенга жой топилади одил келавер