Odil Ahmedovning sobiq jamoasi OChLni tark etishga majbur bo‘ldi! Sababi...

  • 11 aprel, 2022, 14:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoyning "Shanxay Port" klubi (sobiq "Shanxay SIPG") shaharda COVID-19 ga qarshi karantin choralari kuchaytirilgach, Osiyo Chempionlar ligasidan chiqishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Osiyo futbol Konfederatsiyasi (OFK) xabar bermoqda.

So‘nggi haftalarda Shanxayda rekord darajada infektsiya tarqalishi kuzatilgach, shahardan sayohatga chiqish bo‘yicha turli cheklovlar joriy etildi. Natijada, "Shanxay Port" OChLning “J” guruhidan o‘rin olgan 6 ta o‘yinda ishtirok etish uchun Tailandga safar qila olmadi.

Aytish kerakki, "Shanxay Port" guruhdagi dastlabki o‘yinni 16 aprel kuni Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubiga qarshi o‘tkazishi kerak edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!