
O‘FA yurtimizda ilk bor o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha jahon chempionatiga qizg‘in tayyorlanmoqda
2024 yil yurtimiz FIFA miqyosidagi yirik turnir — futzal bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishidan xabaringiz bor. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mundialga tayyorgarlik ko‘rish yo‘lida mavjud infratuzilmalarni xalqaro standartlarga etkazish bo‘yicha ham ish olib bormoqda.
O‘FA rahbariyati futzal maydonlari qoplamasini ishlab chiqaruvchi “Mondo” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Suhbat davomida oldimizda turgan jahon chempionatiga qadar futzal maydonlarini FIFA talablariga moslashtirish, bir necha yillab sifatli xizmat qiladigan qoplamalarni o‘rnatish bo‘yicha fikr almashildi.
Ma’lumot o‘rnida, “Mondo” FIFA litsenziyasini qo‘lga kiritgan kam sonli kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi ayni kunga qadar bir nechta nufuzli musobaqalar oldidan futzal maydonlarini tayyorlash bilan shug‘ullanib keladi.
O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar